insurez
15-01-2025 15:02

Korxona va tashkilotlarning obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda


Korxona va tashkilotlarning obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda

Oqdaryo tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashkilot va muassasalarning bino va hududini obodonlashtirish holati hamda ish yuritish hujjatlari, ko‘rgazmali axborot matnlarining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qaroriga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. Xususan, bugun ishchi guruh tomonidan tumandagi tijorat banklarining holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ul rahbarlarga tavsiyalar berildi.
Tashkilotlarni o‘‘rganish ishlari davom etmoqda. 

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati 
 

Teglar
- -