Kitob va kitobxonlik — inson maʼnaviyatining ko‘zgusi
Kitob va kitobxonlik — inson maʼnaviyatining ko‘zgusi
Tuman Axborоt-kutubxona markazida "Maʼnaviyat oyligi" doirasida Oqdaryo tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oqdaryo tuman bo‘linmasi hamkorligida "Kitobxonlik soati" tashkil etildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad xodimlar orasidagi kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy savodxonligini oshirish hamda, ularda vatanga, kasbga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.