“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar yo‘lida
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar yo‘lida
Bugun Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov rahbarligida Po‘latdarxon mahallasida kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan fuqaro Imomqul Shokirov xonadonida o‘rganish olib borildi. Bugungi tadbirda ushbu xonadonda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda oilani daromadini oshirish maqsadida biogomus yetishtirish uchun “Kaliforniya qizil chuvalchangi” yetkazib berildi. Fuqaroga Biogomus yetishtirish va mahsulotni sotish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan muhim tushuncha va tavsiyalar berildi.