insurez
28-04-2025 11:48

Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi


Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tumanining Loyish, Navro‘z, Mustaqillik, Yangiobod, Kumushkent va Go‘zalkent mahallalarida sodir etilgan holatlar yuzasidan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. 

Unda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. 
Muhokamada jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish mas’uliyatli vazifa hisoblanishi taʼkidlandi. 
Tuman rahbari o‘z so‘zida sodir etilgan salbiy holatlarni bir-bir sanab o‘tdi. Muhokama so‘ngida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -