#jarayon_hozir Hududlarni obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda
#jarayon_hozir
Hududlarni obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov, viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari B.Raxmatullayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li bo‘ylab hududni obodonlashtirish holati bo‘yicha tumanning Sayohat massividan boshlab Dahbed shaharchasi va Ishtixon tumaniga tutash qismiga qadar navbatdagi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida hududlarda mahalla masʼullari hamda biriktirilgan rahbarlar bilan uchrashilmoqda va mahalla hududlari, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari dala chetlari ko‘zdan kechirilib, dala chetlarini qurigan o‘tlardan tozalash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas'ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati