Ishchi guruh — Oqdaryoda yoshlar bandligi qay holatda?
Ishchi guruh — Oqdaryoda yoshlar bandligi qay holatda?
Respublika ishchi guruhining o’rganish ishlari Oqdaryo tumanida davom etdi. Unda tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar holati boyicha amaliy ko’nikmalar berish yuzasidan kelishib olindi.
Shundan so’ng, Olchintepa mahallasida “Bir mahalla—bir mahsulot” shiori ostida loviya ekib dehqonchilik qilgan yoshlar faoliyati bilan tanishilib, Turon mahallasida PQ 62-sonli Qaror asosida kredit olib milliy liboslar tikish bo’yicha tadbirkorlik boshlagan yosh oila hamda Pichoqchi mahallasida yashovchi yosh tadbirkorning faoliyati o’rganildi. U bugungi kunda 30 ga yaqin yoshlarni ish bilan ta’minlagani alohida e’tirof etildi.