“Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyihasi doirasida axborot uchrashuvi o‘tkazildi
“Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyihasi doirasida axborot uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tumanidagi "Sabr" Respublika Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazida “Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik” loyihasi doirasida axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda belgilangan loyiha bo‘yicha tadbirlar haqida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari va xotin-qizlar faollari xabardor bo‘lishdi.
Loyiha bo‘yicha Oqdaryo tumanidagi 96 nafar kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan yoshlar tadbirkorlik asoslari, marketing, huquqiy va moliyaviy savodxonlik, kreditlarni boshqarish bo‘yicha 28-soatlik kasbiy kurslarda ta’lim olib sertifikatlarga ega bo‘lishadi.