Ijtimoiy soha obyektlari doimiy e’tiborda
Ijtimoiy soha obyektlari doimiy e’tiborda
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 2-umumta’lim maktablarining obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasalarining ichki va tashqi hududlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.