Hududlarni obodonlashtirish holati doimiy e'tiborda
Hududlarni obodonlashtirish holati doimiy e'tiborda
Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, tuman sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li bo‘ylab hududni obodonlashtirish holati bo‘yicha tumanning Ishtixon tumani bilan tutash qismidan boshlab navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish davomida hududlarda mahalla masʼullari va oqsoqollari bilan uchrashilmoqda va mahalla hududlari, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari dala chetlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l yoqasida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan noqonuniy qurilmalarni olish borasida mas'ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berilmoqda.