insurez
18-01-2025 11:16

📌Hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qil


📌Hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

🏥Bugun hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ko‘rik davomida xodimlar Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining malakali shifokorlari tomonidan tekshiruvlardan o‘tdilar.

🔬Terapevt, endokrinolog, okulist, LOR, nevropotolog, kardiolog, xirurg va UTT, kardiogramma, EKG laboratoriya tekshiruvlaridan hamda grippga qarshi vaksinadan o‘tgan xodimlarda aniqlangan kasalliklar yuzasidan tibbiy maslahatlar berildi.

👩⚕Bunday tekshiruvlarning tashkil qilinishi kasalliklarni erta aniqlash va ularni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -