insurez
14-06-2025 12:51

HOKIMLIK APPARAT XODIMLARI VA TASHKILOTLAR RAHBARLARI UCHUN O‘QUV SEMINARI


HOKIMLIK APPARAT XODIMLARI VA TASHKILOTLAR RAHBARLARI UCHUN O‘QUV SEMINARI

🇺🇿Davlat xizmatchilarining shaxsiy va kasbiy salohiyatini, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar bugun Oqdaryo tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

💎 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hududiy filiali hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda hokimlik apparati xodimlari, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

✅Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda, ochiq muloqot, guruhli muhokama va amaliy topshiriqlar orqali o‘tkazilib, ishtirokchilar rahbarlik madaniyati, kommunikativ salohiyat bo‘yicha fikr almashishdi.

✅Ushbu o‘quv-seminar davlat xizmatchilari uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘z ustida doimiy ishlash va boshqaruvda samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi navbatdagi qadam bo‘ldi.
 

Teglar
- -