insurez
30-01-2025 17:29

Hokim tashrifi Sharofiddin aka xonadoniga quvonch olib keldi


Hokim tashrifi Sharofiddin aka xonadoniga quvonch olib keldi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Temirak mahallasida obodonlashtirish holati, aholi xonadonlari va tomorqalari holati yuzasidan o‘rganish olib bordi. Xususan, mahallaning Qorаqurbon qishlog‘ida sharoiti og‘ir, ehtiyojmand oilalardan turmush o‘rtog‘i vafot etgan, 4 nafar farzandning otasi fuqaro Sharofiddin Mamatovning xonadoni va ijtimoiy ahvoli alohida o‘rganildi. Oilaning yashab turgan uyi yaroqsizligini hisobga olib,  joriy yilda homiylar ko‘magida oilaga yangi uy qurib berish borasida kelgusi rejalar belgilab olindi. Oilaning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, farzandlarining ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar o‘rganishi borasida mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.
 

Teglar
- -