⚡️HAR BIR XODIM TEXNIKA XAVFSIZLIGIGA AMAL QILISH LOZIM
⚡️HAR BIR XODIM TEXNIKA XAVFSIZLIGIGA AMAL QILISH LOZIM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 19-maydagi 104-sonli buyrug‘i talablarini bajarish, ishlab chiqarish va texnologik intizom darajasini oshirish maqsadida joriy yilning 20-mayidan 20-iyuniga qadar Oqdaryo tuman elektr ta’minoti “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rigi oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda ishchi-xodimlarga mutaxassislar tomonidan mehnat muhofazasi, baxtsiz hodisalarning oldini olish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish xususida ma’lumotlar berib o‘tilmoqda.
Shuningdek, baxtsiz hodisalarning tafsilotlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish, ish jarayonlarida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar birma-bir muhokama qilinyapti.✅