"Har bir kitob – yangi bir dunyo" 📖
"Har bir kitob – yangi bir dunyo" 📖
Kitobxonlik madaniyati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni mustahkamlash, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
📍 Shu maqsadda Oqdaryo tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 29-apreldan 2-may gacha "Har bir kitob – yangi bir dunyo" nomli kitoblar yarmarkasi tashkil etiladi.
📖 Yarmarkada maktab pedagoglari, o‘quvchilar va ota-onalar faol ishtirok etishlari so'raladi.
📚 Bunday tashabbuslar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitob o‘qishga rag‘batlantirish va ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.