insurez
28-08-2024 15:26

Gʼo‘zani defoliatsiya qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi


Gʼo‘zani defoliatsiya qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Joriy yil Oqdaryo tumanida 5411 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Sanoqli kunlardan keyin paxta yig‘im-terimi boshlanishi va mavsum oldidan paxta dalalarini defoliatsiya qilish muhim agrotexnik tadbirlardan biri ekanligi bois, bugun Dahbed MMTP hududida joylashgan “Fozilov Sobir bog‘i” fermer xo‘jaligi dalasida g‘o‘zani defoliatsiya qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari O.Shodmonov, MMTP va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminar davomida g‘o‘zani defoliatsiya qilish uchun defoliantlarni qo‘llash hamda defoliatsiyani o‘tkazish vaqti bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Teglar
- -