Gʻo‘za agrotexnikasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Gʻo‘za agrotexnikasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Bugun “Zarafshon” MMTP hududidagi “Temurxon Mullaxo‘ja” fermer xo‘jaligida hokim o‘ribosari O.Shodmonov, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.Husanov hamda MMTP rahbarlari ishtirokida g‘o‘za agrotexnikasi borasida seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda chigit ekilgan maydonlarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi ISO preparati bilan kimyoviy kurashish hamda g‘o‘za oralarini kultivatsiya qilish kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.