“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati/67194) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga muvofiq o‘tkazilgan “Gender tenglik faoli” respublika ko‘rik-tanlovida Oqdaryo tuman hokimligi munosib ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.
Kuni kecha Senat binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda “Gender tenglik taʼminlashda eng faol tuman hokimligi” – nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni olgan Oqdaryo tuman hokimligi esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi