Galaravot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
Galaravot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
Oqdaryo tumanining 3-sektor hududidagi olis mahallalardan biri bo‘lgan Galaravot mahallasida bugun tuman sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudirining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning murojaatlari tuman hokimi Sh.Qudratov, 3-sektor rahbari - tuman IIB boshlig‘i A.Valiyev hamda tumandagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi M.Samarovlar tomonidan tinglandi.
Qabul davomida elektr ta’minoti, yo‘l ta’miri, tabiiy gaz, bandlik, moddiy yordam kabi masalalardagi murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.
Jarayon davomida bildirilgan har bir murojaat soha mas’ullari ishtirokida shu yerning o‘zida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.