Fuqarolar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligining telegram kanali orqali tumanimiz fuqarolari bilan tibbiyot sohasidagi islohotlar, xususan, Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida ma'lumotlar bilan aholini tanishtirish maqsadida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida fuqarolarimizning murojaatlari tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Shavkat Jabborov hamda tibbiyot birlashmasining tegishli mas’ullari tomonidan eshitilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
✍️Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati