insurez
08-05-2025 18:48

Frontortida xizmat qilgan faxriylarga "9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alari o‘z egalariga yetkazilmoqda.


Frontortida xizmat qilgan faxriylarga "9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alari o‘z egalariga yetkazilmoqda.

"Nuroniy" jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i H.Qarshiyev hamda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i S.Atabayevlar 1941–1945 yillardagi urush davrida frontortida xizmat qilgan faxriylardan tumanning Oqdaryo mahallasida istiqomat qiluvchi 100 yoshni qarshilayotgan nuroniylar Parda bobo Umarov hamda Toji ona Oqilovalar holidan xabar olib, Prezident sovg‘alarini va tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Nuroniylar mehmonlar tashrifidan mamnun bo‘lib, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, mo‘l-ko‘lchilik so‘rab duolar qilishdi.

Teglar
- -