Dolzarb masalalar muhokama markazida
Dolzarb masalalar muhokama markazida
Bugun Oqdaryo tumani hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Muhokama davomida ijro intizomi, “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali kelgan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ichimlik suvi uchun qarzdorliklarni undirish, M-37 magistral yo‘li yoqasini obodonlashtirish, "30-IYUN - YOSHLAR KUNI" munosabati bilan 19-iyun kuni tumanda o‘tkaziladigan Yoshlar festivali tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.