Dolzarb masalalar yuzasidan muhim topshiriqlar berildi
Dolzarb masalalar yuzasidan muhim topshiriqlar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Tuman tashkilot rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni" tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorida berilgan topshiriqlar ijrosining holati va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.