insurez
02-06-2025 12:12

Dolzarb 90 kunning ilk kuni tadbirlari davom etmoqda


Dolzarb 90 kunning ilk kuni tadbirlari davom etmoqda

Bugun tumandagi "Kumushkent" mahallasida joylashgan 32-umumta'lim maktabida tumandagi maktab o‘quvchilari va yoshlar ishtirokida "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida kitobxonlik, xorijiy til bilimdonlari loyihalari o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilab berilgan. Ushbu tashabbus Oqdaryo tumanida start berildi.
 
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -