Boshdarxon mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Boshdarxon mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tumani 2-sektor hududidagi Boshdarxon mahallasida viloyat hamda tuman sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudirining tuman aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida mas’ul rahbarlar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Yechimi oson murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab etiluvchi murojaatlar esa ijro uchun tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.