Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi
Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi
Bugun Oqdaryo tuman 43-sonli madaniyat markazida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahallalar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda tuman hokimi Sh.Qudratov so‘zga chiqib, bosh Qomusimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, shuningdek, joriy yilda olib borilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirning badiiy qismida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.