insurez
15-11-2024 17:15

"Bolalar harakati" maktab sardorlari saylanmoqdа


"Bolalar harakati" maktab sardorlari saylanmoqdа

Avval xabar berganimizdek, 12-16-noyabr kunlari mamlakatimizning barcha umumta’lim muassasalarida “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylovi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

⚡️ Sardorlik – bu ulkan tajriba maktabidir. “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylovi 10-yoshdan 18-yoshgacha bo‘lgan bolalarda liderlik va rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish , ijtimoiy mas’uliyatni oshirish,  sardorlikka intilayotgan faol yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo‘lib yetishishiga yordam berishga qaratilgan.

Oqdaryo tumanida ham bu jarayon o‘quvchi yoshlar tomonidan qizg‘in kutib olinib, ularning faol ishtiroki bilan o‘tmoqda. Bugun ham Oqdaryo tumanining 32- umumta’lim maktabida ayni  Sardorlar saylovi bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi Oqdaryo tumani boʻlimi boshlig'i Musayev Ma'rufxon ishtirok etib bo'lg'usi yosh sardorlarga omad tiladi.

Teglar
- -