insurez
30-04-2025 15:04

Bobur va O‘zbekiston mahallalarida o‘rganish olib borildi


Bobur va O‘zbekiston  mahallalarida o‘rganish olib borildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov mahallalarda mahalla “Yettiligi” faoliyati, hududlarni obodonlashtirish holati hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha rejaga kiritilgan oilalarda biriktirilgan vakillar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan kunlik o‘rganish olib bormoqda. Jumladan, bugun tuman hokimi Bobur hamda O‘zbekiston mahallalarida bo‘lib, navbatdagi o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududi, ko‘chalar, aholi xonadonlari va tomorqalari, shuningdek, xonadonlarda ipak qurti boqish ishlari va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha kiritilgan oilalar bilan ishlash ko‘zdan kechirildi. Tuman rahbari o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, “Yettilik” faoliyati har bir xonadonda aks etishi zarurligi borasida mahalla mas’ullariga kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.
 

Teglar
- -