insurez
15-08-2025 15:24

Arpaariq mahallasini obododonlashtirish holati o‘rganildi


Arpaariq mahallasini obododonlashtirish holati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Arpaariq mahallasi ko‘chalari va aholi xonadonlarining obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish olib bordi. Xususan, mahallaning ko‘p qavatli uylar joylashgan hududi ko‘zdan kechirilib, mazkur hududda obodonlashtirish ishlari yaxshi tashkil etilmaganligi, ko‘p qavatli uylarning tandirxonasi mahalla raisi tomonidan biron marotaba kirib ko‘rilmaganligi va obodonlashtirilmaganligi qattiq tanqid qilindi. Mahalla mas’ullari, oqsoqollari, faollari hamkorlikda ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan hamjihatlikda hashar uyushtirib, hududni obodonlashtirish borasida mahalla raisiga tavsiyalar berildi.
 

Teglar
- -