insurez
20-06-2025 16:18

Amir Temur mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Amir Temur mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, tuman IIB mas’ul xodimi D.Eshonqulova, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari N.Nurmatovalar hamkorligida Amir Temur mahallasidagi ibratli  xonadonlardan birida mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", "Ibratli xonadon bekasi", "Milliy libos ma’naviyat ko‘zgusi" mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, milliy an’ana va urf-odatlarni saqlash hamda rivojlantirish orqali do‘stlik, hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborning zarurligi va kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berishdi.

Teglar
- -