Amir Temur ko‘chasini obodonlashtirish holati o‘rganildi
Amir Temur ko‘chasini obodonlashtirish holati o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida M-37 magistral yo‘lining tuman markaziga kirish qismidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yo‘lning qurilish, ta’mirlash hamda hududning obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida gul va manzarali daraxtlarni parvarishlash, salomatlik yo‘lakchasi, yo‘l yoqasidagi beton ariqlar, kichik ko‘chalarga kirish joylaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.