insurez
27-01-2025 13:21

“Alpomish” markaziy o‘yingohida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi


“Alpomish” markaziy o‘yingohida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida tuman markazi Loyish shaharchasidagi “Alpomish” o‘yingohini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida tuman rahbari tez kunlar ichida mazkur o‘yingohda keng ko‘lamli ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini olib borish, fuqarolarni sport bilan shug‘ullanishlari hamda sport tadbirlarini o‘tkazish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish borasida mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berdi. O‘yingohni zamonaviy qiyofaga keltirish borasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -