Aholi muammolarini ijobiy hal etish ustuvor vazifa
Aholi muammolarini ijobiy hal etish ustuvor vazifa
Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida jismoniy shaxslar uchun tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazilmoqda.
Unda bildirilgan murojaatlar tuman hokimi Sh.Qudratov, hokim o‘rinbosari Y.O‘roqova, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev tomonidan qabul qilinmoqda.
Jarayon davomida bandlik, yo‘l ta’miri, elektr ta’minoti, ichimik suvi, yerga oid munosabatlar, gaz ta’minotiga doir masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat shu yerning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar hamda aniq muddatlar belgilab berilmoqda.