insurez
20-05-2025 16:36

Agroinspeksiyaning Oqdaryo tuman bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi


Agroinspeksiyaning Oqdaryo tuman bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Achilov hamda tuman Qishloq xo‘jaligi soha rahbarlari ishtirokida qisqa yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Pardayev Ayubjon Ikromjon o‘g‘li jamoaga tanishtirildi.
A.Pardayev 1998-yil Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida Yer tuzish va monitoring sho‘basi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat olib borgan.

 

Teglar
- -