insurez
23-04-2025 09:14

ABDULLAYEV FARIDJON NODIRJON O‘GʻLI - "KELAJAK BUNYODKORI" MEDALI SOVRINDORI


ABDULLAYEV FARIDJON NODIRJON O‘GʻLI - "KELAJAK BUNYODKORI" MEDALI SOVRINDORI

U-17 Osiyo Kubogida chempion bo‘lishgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 22-raqam ostida to‘p surgan Abdullayev Faridjon Nodirjon o‘g‘li Oqdaryo tumanining Amir Temur mahallasi Chayjovul qishlog‘ida tug‘ilgan. Ayni paytda Toshkent shahridagi Futbol akademiyasida tahsil olmoqda. Otasi Nodir Abdullayev harbiy sohada xizmat qilayotganligi bois o‘z oilasi bilan Toshkent shahrida istiqomat qilishadi. 
Biz uchun ahamiyatlisi esa 23 nafar chempionlar orasida bizning tumandan ham bor ekanligi barcha Oqdaryoliklarga quvonch bag‘ishlaydi.
Shu o‘rinda Faridjonning bobo va buvilariga nabirasining Osiyo chempioni bo‘lganligi bilan qizg‘in va samimiy qutlaymiz!

 

Teglar
- -