Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman 4-sektor hududi Avazali mahallasida tuman sektor rahbarlari, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tumandagi qizil toifaga kiritilgan yoshlar, xotin-qizlar hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Mazkur yarmarkaga Oqdaryo tumandagi 51 ta korxona va tashkilotlar jalb etilib, korxonalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 276 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, yarmarkada tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etib, ishsiz yoshlar va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib bordi va o‘z tavsiyalarini berdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati