Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida “Oqdaryo tumanida mahalliy budjet imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida dastlab tuman hokimi mavzu yuzasidan qisqacha axborot berib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati