Qishloq xo‘jaligi vaziri Oqdaryo tumanida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Oqdaryo tumanida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida bugun Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, tumanning “Qahramon” MMTP hududidagi "Ikrom Javohir dalalari" fermer xo‘jaligida dala madaniyati, g‘alla parvarishi, ariqlarni betonlashtirish hamda foydalanilmay bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish jarayonlari bilan yaqidan tanishdi. Vazir fermerning mehnatini yuqori baholab, dalaning har bir qarich yeridan unumli foydalanish nafaqat hosildorlikni oshirish, balki qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish uchun ham muhim ekanini ta’kidladi.
Tashrif davomida vazir tumandagi “Oxalik oltin bog‘i mevasi” MCHJ “IN VITRO” labaratoriya ko‘chatxonasida mevali intensiv ko‘chatlar yetishtirilish jarayoni bilan ham tanishdi. Yillik quvvati 5 mln dona intensiv ko‘chat bo‘lgan mazkur issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi.