insurez
09-01-2025 18:59

#xizmat_tekshiruvi


#xizmat_tekshiruvi

🔰 Bugun Oqdaryo tumani hokimining maslahatchisi B.Isaxonov tomonidan Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Oqdaryo tumani bo‘limida ish yuritish hujjatlari, ko‘rgazmali axborot matnlari va boshqa hujjatlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qaroriga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi.
  ✅ O‘rganish davomida, 2025-yilga mo‘ljallangan yo‘l xarita, chora-tadbirlar, ish rejalar, chiqariladigan xatlar va murojaatlar hamda yo‘riqnomalarning imlo xatolarsiz, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishiga alohida e’tibor berilib,  aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati 
 

Teglar
- -