insurez
11-04-2025 12:15

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!


Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!

Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni, huquqiy ong va madaniyatni bolalikdan shakllantirish maqsadida haftaning har juma kuni tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari tomonidan maktablarda o‘quvchilarga korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun Oqdaryo tuman hokimligi bosh yuriskonsulti G‘olib Abduhakimov tumandagi 54-umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan “Halollik va to‘g‘rilik insonning oliy fazilatlari” hamda “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzularida dars mashg‘ulotlarini olib bordi.
 

Teglar
- -