insurez
05-03-2025 18:00

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot


Aholi bilan yuzma-yuz muloqot

Bugun Oqdaryo tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli tumanning eng olis hududlaridan hisoblangan  Avazali mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sherzod Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayev, tuman tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli  masalalarga oid murojaatlari tinglandi.  
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.  Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, qabul so‘ngida bir necha murojaatlar joyiga borib o‘rganildi.

Teglar
- -