20-maktabda so'nggi qo'ng'iroq chalindi
20-maktabda so'nggi qo'ng'iroq chalindi
⚡️25-may - "So'nggi qo'ng'iroq", bu so'zni eshitganimiz bilan har birimizning qalbimizda o'zgacha kechinmalar, maktab davridagi xotiralar yodimizga keladi.
Bugun tumandagi Loyish mahallasida joylashgan 20-umumta'lim maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda maktab direktori so'zga chiqib, barcha bolajonlarni muborakbod etdi va boshlanayotgan yozgi ta'tilda ham vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini, kelgusida o'zlarining bilimlari bilan yurtimizning rivojiga munosib hissa qo'shishlari lozimligini ta'kidladi. Tadbir davomida a'lo baholarga o'qigan bitiruvchilar va ularning ota onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Ko'zimda qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo'yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq...