⚡️“Yettilik” faoliyati sarhisob qilindi...
⚡️“Yettilik” faoliyati sarhisob qilindi...
2025-yil yanvar oyiga belgilangan mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Oqdaryo tuman kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sherzod Qudratov boshchiligidagi kengash tarkibiga kiruvchi «mahalla yettiligi» tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada har bir yo‘nalishlar kesimida yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, faollarga minnatdorchilik bildirildi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan mahalla xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.