insurez
09-04-2025 15:56

MARDLAR MAYDONDA KURASHDI


MARDLAR MAYDONDA KURASHDI

Bugun tumandagi Miyonqol mahallasi Oqbo‘yra qishlog‘ida “Tinchlik va taraqqiyot uchun Xalqaro sport kuni”  munosabati bilan Sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash inistituti Samarqand filiali o'qituvchisi D.Raxmonov tomonidan "Kurash hamma uchun" shiori ostida Kurash musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada Sport maktabi kurashchilari hamda mahalliy kurashchilar faol qatnashib g'olibliklarni qo'lga kiritish bilan birgalikda xalqimiz orasida "Kurash" sport turi milliy urf-odatimiz, qadimiy an'analarimizdan biri ekanligini namoyish etishdi. Qizg'in o'tgan bahslarda kurashchi polvonlarimiz o'zlarini mahoratlarini ko'rsatdi

Teglar
- -