insurez
14-04-2025 14:18

ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA


ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

Oqdaryo tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlari va inklyuziv ta’limga ehtiyojmand oilalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan farzandlari, shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan individual ishlash, ularning shaxsiyatini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olishlari hamda qulay muhit yaratish maqsadida Pedagogika kollejining binosida tashkil etilayotgan “Ilk rivojlantirish markazi”da ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bugun tuman hokimi Sherzod Qudratov markazda bo‘lib, ta’mirlash ishlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va mas’ullarga muhim tavsiyalar berdi.

Teglar
- -