03-05-2025 09:31
11-sinf o‘quvchisi Jonibek muddatdan oldin talaba bo‘ldi
11-sinf o‘quvchisi Jonibek muddatdan oldin talaba bo‘ldi
Oqdaryo tumani 7-umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi Nosirxonov Jonibek Jasur o‘g‘li Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetida o‘tkazilgan "Informatika va axborot texnologiyalari" fan olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va Samarqand Davlat Universitetiga grant asosida muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.