JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN

Oqdaryo tumanidagi 1-son Kasb-hunar maktabida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Oqdaryo tuman bosh mutaxassisi A.Nasimov, tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'linmasi rahbari D.Yusupova hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda A.Nasimov yig‘ilganlarga bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalikning ahamiyati, ba’zi chet ellardagi tang va beqaror vaziyatlar, ayrim yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashib, yo‘l qo‘yayotgan xatoliklari va ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish zarurligi xususida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida yoshlarni sohta da’volarga qo‘shilishdan qaytaruvchi hamda Suriya mamlakatiga adashib o‘tib ketib, o‘z hayotini barbod qilgan yoshlar haqidagi hujjatli filmlar ham namoyish etildi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM