#tayinlov

Oqdaryo tuman sport maktabiga yangi rahbar tayinlandi

Tursunova Gulrux Bozorboyevna Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Oqdaryo tuman sport maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
G.Tursunova 1989-yil Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Oqdaryo tuman sport maktabi ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasida faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Sobirov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida Oqdaryo tuman sport maktabi jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, yangi tayinlangan rahbar G.Tursunova jamoaga tanishtirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM