#Matbuot_anjumani

Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Alijon Usanov va birlashma mas’ullari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida bosh vrach A.Usanov tomonidan “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar” mavzusida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, tumanda jami 11 ta, shu jumladan, 1ta KTMP, 4 ta OP va 6 ta OSHPlarda 70 ta o‘rin kunduzgi statsionar tashkil qilindi. Ish vaqti soat 8:00-20:00 gacha uzaytirilib, 2023-yilning birinchi choragida jami 1500 dan ziyod aholiga tibbiyot birlashmasiga yotib davolangan bemorlardan tashqari, OP va OSHPlarda tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida bolalarga manzilli va malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tumandagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni onkogematologik tekshiruvlardan, 567 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Gelmintoz kasalliklar bo‘yicha bugungi kungacha 7480 nafari tekshiruvdan o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida 29442 nafar bolalar pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan va 10425 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bolalar orasida 17 nafar bola tug‘ma yurak nuqsoni va 7 nafar yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar aniqlandi. Shundan 14 nafari imtiyozli viloyat muassasalarida, 7 nafarida esa  bepul  yuqori texnologik jarrohlik  amaliyoti o‘tkazildi. 2023-yilga 32 nafar bolani imtiyozli jarrohlik amaliyoti o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 24 nafari yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar hisoblanadi.

Tumandagi tashkilotlar bilan hamkorlik asosida bugungi kungacha barcha mahallalarda malakali mutaxassislari tomonidan “Keksalar va nuroniylarni e’zozlash haftaligi” tadbiri doirasida tumanda 15554 nafar keksalardan 3287 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi,  282 nafarida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha shundan 254 nafari OP va OSHPlarda tashkil etilgan kunduzgi stasionarlarda  sog‘lomlashtirildi, 35 nafari tuman muassasalarida, 4 nafari viloyat muassasalarida davolandi.

Tuman bo‘yicha jami 167375 nafar aholidan 157784 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 12124 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, shundan 1257 nafari nuroniylar, 394 nafari ayollar daftariga kiritilgan fuqarolar, 394 nafari esa ayollar daftaridagi xotin –qizlarning farzandlari  hisoblanadi. Shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar soni 170 nafar bo‘lib,  bugungi kungacha 10 ta nogironlik aravachasi, 12 ta eshitish moslamasi, 25 ta hassa tayoq va 8 ta qo‘ltiqtayoq bemorlarga berildi.

Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha:

1. Bolalarni  yod preparati bilan bepul ta’minlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida tumandagi 45763 nafar bolalar ro‘yxati shakllantirildi.

2. Reproduktiv yoshdagi ayollar tumanda jami  40130 nafar bo‘lib, shundan  yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotiga muhtoj 32 nafar bemor 2023-yil uchun rejaga qo‘yilgan, shundan Fertil yoshdagi ayollar  26 nafar, 6 nafar bolalardir.

Bugungi kungacha 2 taRektovaginal oqma plastika jarrohlik amaliyoti va 4 ta Bachadon eksterpasiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

 

Anjuman davomida OAV vakillari: jurnalist va blogerlar tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sohada amalga oshirilgan yangiliklar, shart-sharoitlar, tibbiy anjomlar, transport masalasi, sohada uchrayotgan muammolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM