Bobur mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Bobur mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

 

Oqdaryo tumani hokimining joylarda sayyor qabullari rejali tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday qabullardan biri bugun tumanning 1-sektor hududi Bobur mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sherzod Qudratov hamda Xalq qabulxonasi mudiri Alisher Igamberdiyevlar tomonidan aholi murojaatlari qabul qilindi. 

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu yerning o‘zida soha rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM