SEKTOR RAHBARINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BOSHDARXON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

SEKTOR RAHBARINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BOSHDARXON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman prokurori 2-sektor rahbari A.Vaxabov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiev va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida 2-sektor hududidagi Boshdarxon mahallasida aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash, tadbirkorlik qilish uchun kredit olish, yo‘llarni asfalt qilish hamda moddiy yordam olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM